O‘zbekiston

O‘zbekistonda elektron sigaretalarni saqlaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

Qoidabuzarlar qamoq jazosiga ham tortilishi mumkin.

27-noyabr kuni O‘zbekistonda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklar muomalasiga taqiq joriy etildi va ularni saqlash uchun javobgarlik belgilandi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda muomalada bo‘lishi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, tashish, o‘tkazish, tayyorlash, mamlakatga olib kirish yoki olib chiqish (ko‘p miqdorda yoki shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin):

  • BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan;
  • 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bunda shaxs sodir etgan qilmishi to‘g‘risida davlat organlariga ixtiyoriy ravishda arz qilsa va muomalasi taqiqlangan buyumlarni topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Ta’kidlash joizki, taqiq tamaki isitish tizimlariga taalluqli emas.

Mavzuga doir: Elektron sigaretalarni taqiqlash: jarima, qamoq, nosvoy, qora bozor NOVA24 tahririyati qonun loyihasi tarixini keltirdi va nima uchun u faqat yomonroq qilishi mumkinligini tahlil qildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная