O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi 45 mln soʻmdan 78 mln soʻmgacha oshirildi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan endilikda elektromobillar uchun 45 mln so‘mdan 78 mln so‘mgacha utilizatsiya yig‘imi undiriladi.

“Elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari akkumulyator batareyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjat mamlakatda “yashil” texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish, elektromobillarning yaroqsiz holga kelib qolgan batareyalarini atrof-muhitga keskin zarar yetkazmagan holda utilizatsiya qilinishi taʼminlash va sohada mahalliylashtirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Unda keltirilishicha, 2025-yil 1-maydan boshlab:
- ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3-yildan ortiq boʻlmagan elektromobillar uchun BHMning 120 baravari (45 mln soʻm);
- ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3-yildan ortiq boʻlgan elektromobillar uchun BHMning 210 baravari (78 mln 750 ming soʻm) etib belgilanadi.
Qarorda qayd etilishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarorda belgilangan utilizatsiya yigʻimlarini yigʻish hamda ulardan samarali foydalanish tartibini ishlab chiqadi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘quv maskanlaridagi oshxonalar E-auksion orqali ijaraga beriladi O‘zbekistonda yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi takomillashtirildi O‘zbekistonda yerlar toifasiga o‘zgartirish kiritish tartibi tasdiqlandi Import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi Davlat bog‘chalarida “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi
Soʻnggi yangiliklar







