O‘zbekistonda ekologik toza transportdan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha besh yillik dastur amalga oshirilmoqda, dedi prezident.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy elektromobillar uchun 12 foiz, xorijiy elektromobillar uchun 16 foizli avtokreditlar ajratiladi.
Elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar ajratiladi hamda yer uchastkalarini auksion orqali 2 baravar arzon narxda sotib olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, zaryadlash stansiyalarida elektromobillarni quvvatlantirishda elektr energiyasi qiymatining 1 kVt/soat uchun 300 so‘mdan oshgan qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi. Shuningdek, elektromobilda taksi xizmatini ko‘rsatuvchi fuqarolarga ham bir qator yengilliklar beriladi.
Avvalroq O‘zbekistonda elektromobillar uchun batareyalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.




















