O‘zbekistonda elektromobillar importi uchun bojlarni qayta tiklash taklif qilindi
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri elektromobillar importi uchun bojlarni qayta tiklashni taklif qildi
ADM Jizzakh kompaniyasi elektromobillar importi uchun bojlarni qaytarishni taklif qilmoqda. Bu haqda 26 iyul kuni avtomobilsozlik va elektrotexnika sohasi tadbirkorlari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda kompaniya bosh direktori Doniyor Davletyarov aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi avtomobil bozori “haddan tashqari to‘yingan va qizib ketgan”, shuning uchun jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga solish kerak. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi 60 dan ortiq texnik talablarga javob berishi kerak bo‘lsa, import qilingan transport vositasi soddalashtirilgan sertifikatlash tartibidan o‘tib, mahalliy standartlarga mos kelmaydi.
ADM Jizzakh bosh direktori avtotransport vositalarini rasmiy dilerlar orqali olib kirish tartibini tiklash tashabbusini ham ilgari surdi.
Bundan tashqari, Doniyor Davletyarov import qilinadigan butlovchi qismlar va tovarlar uchun boj to‘lanishi, ammo elektromobil yetkazib beruvchilar bu kabi to‘lovlarni to‘lamayotganini aytib o‘tdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda sof elektromobil ishlab chiqarish maqsadga muvofiq emas, chunki hech qanday boj yo‘q. Ishlab chiqarish qimmat bo‘ladi, chunki ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va import qilish uchun hamma narsani 100 foiz mahalliylashtira olmaymiz. Import bojlarini to‘lashimiz kerak, – dedi Davletiyarov.
Мавзуга оид хабарлар:
Uch hududda kreditga olingan mashinalar sotib yuborilgani aniqlandi O‘zbekiston eng ko‘p qaysi davlatdan elektromobil import qilgan? O‘zbekistonda elektromobil sotuvlari nisbatan pasaydi Давлат идоралари ўз автопаркини электромобиллар билан янгиламоқда