O‘zbekiston

O‘zbekistonda elektr tarmoqlarini yaxshilashga trillionlab mablag‘ ajratiladi

Bundan tashqari, o‘z hisobidan tashqi infratuzilmani yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga foyda solig‘ini qaytarish orqali xarajatlari qaytarib beriladi.

O‘zbekistonda elektr tarmoqlarini yaxshilashga 2 trln so‘m ajratiladi, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Hududlarda sanoat infratuzilmasini yaxshilash uchun 2025-yilda 1,7 trillion so‘m ajratilishi belgilandi. 2026-yilda bu xarajatlar 25 foizga oshib, 2,1 trln so‘mga yetadi. Bundan tashqari, poytaxtda tadbirkorlar soni kun sayin ortib borayotganini inobatga olib, elektr tarmoqlarini yaxshilashga yana 2 trln so‘m yo‘naltiriladi.

“Iqtisodiyot barqaror o‘sgani sari yangi infratuzilmaga talab ortib boraveradi. Korxonasiga tashqi infratuzilmani o‘z hisobidan qilayotgan tadbirkorlar ko‘paymoqda. Endi ularning bu xarajati foyda solig‘i bazasidan chegirib tashlanadi”, — dedi prezident.

Avvalroq Toshkentda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun yuzlab million dollar sarflanishi xabar qilingandi. Prezidentning o‘zi moliyalashtirish manbalarini belgilab berdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная