O‘zbekistonda deputatlik saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi
Unga koʻra, OʻzLiDeP Oliy Majlis Qonunchilik palatasida eng koʻp oʻrin oldi.
Oʻzbekistonda 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan Qonunchilik palatasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilindi.
Unga koʻra, Qonunchilik palatasi uchun Yagona saylov okrugi boʻyicha Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi 34,75 foiz ovoz toʻplab, 26 ta, “Milliy tiklanish” partiyasi 18,82 foiz bilan 14 oʻrin, Ekologiya partiyasi 13,12 foiz bilan 10 ta oʻrin, Xalq demokratik partiyasi 17,11 foiz bilan 13 ta oʻrin va “Adolat” partiyasi 16,20 foiz bilan 12 ta oʻrin oldi.
Bir mandatli saylov okrugi boʻyicha esa OʻzLiDeP 38 ta, “Milliy tiklanish” 15 ta, Ekopartiya 6 ta, XDP 7 ta va “Adolat” 9 ta oʻringa ega boʻldi.
Partiyalarning Qonunchilik palatasidagi umumiy soni esa quyidagicha boʻldi:
- OʻzLiDeP — 64 ta;
- “Milliy tiklanish” — 29 ta;
- “Adolat” — 21 ta;
- XDP — 20;
- Ekopartiya — 16 ta.
Мавзуга оид хабарлар:
Yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalari tasdiqlandi Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi Toshkent metrosi saylov kuni 1 soat avval ish boshlaydi O‘zbekistonda ombudsmanga yangi huquq beriladi O‘zbekistondagi barcha siyosiy partiyalar parlament saylovlarida qatnashadigan bo‘ldi