O‘zbekistonda dam olish kunlari havo nisbatan iliq bo‘ladi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari havo harorati asta-sekin iliqlashishini prognoz qildi.
Hafta o‘rtasida kuzatilgan sovuqdan so‘ng, dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo asta-sekin iliqlashadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.
15-noyabr, juma kuni kunduzi havo harorati 8-11 daraja iliq atrofida bo‘ladi, yakshanba kuni esa 14-17 darajagacha ko‘tariladi.
Kechalari harorat biroz sekin ko‘tariladi va 0-5 daraja iliqni, shimolda baʼzi joylarda 1-2 darajagacha sovuqni tashkil etadi.
Ushbu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat asosan kechlari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 15-noyabrda 8-11 daraja iliq, 16-noyabrda 11-13 daraja iliq, 17-noyabrda 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
15-noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi O‘zbekistonda 14-noyabrda qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi 13-noyabr kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi 12-noyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin Hafta davomida havo harorati sovib boradi