11 Oktabr 2024, 18:10 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat sezilarli darajada pasayadi

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida kuchli yomgʻir yogʻishi, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat sezilarli darajada pasayadi

Oʻzbekistonda 13-oktyabr, yakshanba kunidan boshlab harorat pasaya boshlaydi. Bu haqda “Oʻzgidromet” direktori Sherzod Habibullayev maʼlum qildi.

Bildirilishicha, 13-oktyabr kuni Respublikaning shimoliy hududlariga, 14-17-oktyabr kunlari qolgan hududlarga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

13-17-oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 darajagacha iliq, Oʻzbekiston shimolida baʼzi joylarda 0-2 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 13-18 darajagacha asta-sekin pasayadi.

13-15-oktyabr kunlari Respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanadi.

Mashhur yangiliklar