O‘zbekistonda bolalarni 1-sinfga onlayn qabul qilish boshlandi
Ariza 31-iyulgacha qabul qilinadi.

O‘zbekistonda 2025-2026 o‘quv yili uchun bolalarni 1-sinfga onlayn qabul qilish boshlandi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati.
Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin. Elektron qabul jarayoni bo‘yicha savollar tug‘ilsa, 71-203-07-04, 71-203-04-03 call-markaz raqamlari yoki @mymaktab_uz rasmiy Telegram kanali orqali javob olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, MMTV ota-onalarning bolalarni 1-sinfga joylashtirish bo‘yicha tez-tez beriladigan savollariga javob berdi. Boshqarma bolani davlat maktabidan xususiy maktabga qanday o‘tkazish haqida ma’lumot berdi. Bolalarni qabul qilish 20-iyundan 31-iyulgacha davom etadi.
Izohlar