O‘zbekiston

O‘zbekistonda bolalar uchun to‘garak xarajatlarining 80 foizigacha qismi davlat tomonidan qoplanadi

Opsiya kam ta’minlangan oilalar uchun mavjud bo‘ladi.

O‘zbekistonda bolalar uchun to‘garak xarajatlarining 80 foizigacha qismi davlat tomonidan qoplanadi

O‘zbekistonda kambag‘al oilalar farzandlariga maktabdan tashqari to‘garaklarda qatnashish xarajatlarining 80 foizi qoplab beriladi, deyiladi Vazirlar Mahkamasi qarorida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zgarishlar 16-iyundan kuchga kiradi. Xususan, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga mansub davlat umumta’lim maktablari o‘quvchilariga ta’tilni hisobga olgan holda yil davomida 9 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda bir vaqtning o‘zida 2 tagacha maktabdan tashqari to‘garaklarga qatnash imkoniyati yaratiladi.

Ota-onalar kompensatsiya olish uchun YIDXP elektron platformasi orqali ariza berishlari kerak bo‘ladi. To‘garak o‘z roziligini tasdiqlagach, mashg‘ulotlar narxining 80 foizi tashkilotga davlat byudjetidan o‘tkazib beriladi.

Avvalroq kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz xarajatlari qoplab berilishi xabar qilingandi. To‘lovlarni hamma ham ololmaydi.

Izohlar

Mavzuga oid