
O‘zbekistonda bolalar tasviri tushirilgan pornografik materiallarni saqlash uchun jazo joriy etiladi
Deputatlar tuzatishlarni birinchi o‘qishda ma’qulladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mamlakatda bolalar tasviri tushirilgan pornografik materiallarni saqlash va bolalarni jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha javobgarlik belgilanadi.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga voyaga yetmagan guvohlarni so‘roq qilish muddatlarini aniq belgilash bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
“Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bolalar huquqlari kafolatlarini kuchaytirishga, shuningdek ularining huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishga xizmat qiladi”, — deyiladi Qonunchilik palatasi xabarida.
Soʻnggi yangiliklar







