22 Oktabr 2024, 14:52 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda bojxonachilar tomonidan 9 oyda qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani ochiqlandi

2024-yilning 9 oyi mobaynida bojxonada qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda bojxonachilar tomonidan 9 oyda qancha qurol va o‘q-dori ushlab qolingani ochiqlandi

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida bojxona organlari tomonidan 888 kg giyohvandlik vositalari, 406 ming dona psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolingan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasida bojxona organlari faoliyatining 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda aytilishicha, 59 milliard so‘mlik tamaki mahsulotlari hamda 34 ta qurol, 1 ming 187 ta o‘q-dorilar ushlab qolingan.

Hisobot davrida xavflarni boshqarish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida 757 milliard so‘mlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Chegarada import tovarlari ustidan bojxona ko‘riklari samaradorligi oshib, 356 milliard so‘mlik noqonuniy tovarlar daliliy ashyo sifatida olindi.

Qo‘shimcha qilinishicha, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasida 10 mingdan ortiq tadbirkorlarga 38 trillion so‘m bojxona to‘lovlaridan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llanilgan, 5 trillion so‘m bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat berilgan.

Mashhur yangiliklar