O‘zbekistonda birinchi robot-jarroh paydo bo‘ladi
Apparat operatsiyadan keyingi reabilitatsiya vaqtini qisqartirishga yordam beradi.

O‘zbekistonda ilk bor Respublika urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga robot-jarroh olib kelindi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “REVO-I” rusumli zamonaviy robotlashtirilgan jarrohlik apparati Koreyaning “Meere” kompaniyasidan keltirilgan. Robot-jarroh keng imkoniyatlarga ega. Xususan, bemorning boshqa hayotiy muhim a’zolariga ta’sir qilmasdan, minimal qon yo‘qotishni ta’minlagan holda operatsiya qilish imkonini beradi.
Shuningdek, ushbu apparat yordamida amalga oshirilgan operatsiyalar operatsiyadan keyingi reabilitatsiya jarayonini juda qisqartirishi qayd etilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ham bo‘lib o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasiga katta e’tibor qaratilayotgani, amaliyotga zamonaviy texnologiyalar keng joriy etilayotgani aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Avvalroq Qoraqalpog‘istonda klinik ordinatura mutaxassislarini tayyorlash boshlanishi haqida xabar berilgandi. Tibbiyot xodimlari o‘quv-simulyatsiya markazidan ta’lim olish uchun foydalanishlari mumkin.
Izohlar