O‘zbekiston

O‘zbekistonda birinchi qovunlar pishib yetildi

Surxondaryo viloyatida birinchi hosil yig‘ib olindi.

O‘zbekistonda birinchi qovunlar pishib yetildi

Surxondaryo viloyatida navbatdagi mavsumning ilk qovunlari pishdi, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Sherobod tumani Nurtepa mahallasida “Yormat Botirov” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 8 gektar maydonda anor qatoriga ekilgan “Dakara” poliz ekinlari pishib, yig‘im-terimga shay holatga keltirildi. 2025-yil 2-martda ekilgan urug‘lardan bugungi kunga qadar taxminan 7-8 tonna hosil olindi.

Ayni paytda mahalliy bozorga pishgan qovunlar kirib kelmoqda, eksport jarayonlari ham boshlandi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya birinchi marta o‘zbek qovunlarini tizimli ravishda sotib olishni boshlaydi. Ilgari mahsulot Britaniya bozoriga sinov tariqasida yetkazib berilgan.

Izohlar

Mavzuga oid