12 Fevral 2025, 16:59 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda bir yilda qancha odam qamalgani ochiqlandi

Oliy sud 2024-yilda sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi.

O‘zbekistonda bir yilda qancha odam qamalgani ochiqlandi

Unga ko‘ra, 2024 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 77 995 nafar shaxsga nisbatan 61 481 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 723 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.

Sudlanganlar soni 61 502 nafarni tashkil etib, shundan 20 659 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 39 763 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 080 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlanganlarning

  • 54 370 nafari erkak;
  • 7 132 nafari ayol;
  • 22 757 nafari yoshlar (shu jumladan 2 214 nafari voyaga yetmagan);
  • 2637 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

Mashhur yangiliklar