18 Fevral 2025, 11:58 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda bir yilda 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

Bosh prokuratura 2025 yili 848 tup daraxt noqonuniy kesilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda bir yilda 848 tup daraxt noqonuniy kesilgani aniqlandi

O‘zbekistonda noqonuniy daraxt kesishga doir moratoriy joriy etilgunga qadar bo‘lgan davrga nisbatan bu kabi qonunbuzarliklar 60 foizga kamaygan.

Bosh prokuratura ta’kidlashicha, noqonuniy daraxt kesish holatlari butunlay yo‘qolgani yo‘q.

2025 yilning o‘tgan davrida respublika bo‘yicha 848 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga jiddiy ziyon yetkazilgan. Har bir holatda aybdor shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq jazo choralari qo‘llangan.

Bunga misol tariqasida, 13 fevral kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri, «Zilol» MFY, Huqandiy mavzesidagi bir necha o‘n yillik chinor daraxtiga qasddan shikast yetkazilgani eslab o‘tilgan.

Mashhur yangiliklar