O‘zbekistonda bir yilda 14 nafar shaxs ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilishda ayblanib sudlandi
Ularning 13 nafariga ma’muriy jarima, 1 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
O‘zbekistonda 2023-yil noyabr oyidan buyon 14 nafar shaxs ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilishda ayblanib, javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan bir yil mobaynida 47−8-modda (ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish / BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima) bilan bugunga qadar 14 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 13 nafariga ma’muriy jarima, 1 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
189−2-modda (jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish / BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha jarima) bilan 7 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning barchasiga ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 31-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunga muvofiq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47−8 hamda 189−2 moddalari bilan to‘ldirilgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda uch kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Samarqandda diniy ekstremistik materiallarni tarqatgan yigit qamaldi Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan shaxs qamaldi Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyini yoqib yuborgan ayol qamaldi Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlariga hukm o‘qildi