2025-yilda O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatiga 14 milliondan ortiq chaqiriq kelib tushdi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 10 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqlar shoshilinch, yana 3,8 milliontasi surunkali kasalliklar, 100,5 mingtasi esa tug‘ruq bilan bog‘liq. Qayd etilishicha, eng ko‘p murojaatlar Toshkent shahridan kelib tushgan — 1,5 mln, keyingi o‘rinlarni Andijon va Surxondaryo viloyatlari egallagan — 1,3 mln. Yil davomida eng kam murojaat Jizzax viloyatidan kelib tushgan — 562 ta.
Keyingi o‘rinlarni mos ravishda 688 ming va 678 ming ko‘rsatkich bilan Xorazm va Buxoro viloyatlari egalladi. Qayd etilishicha, so‘nggi 8 yilda tez tibbiy yordam bo‘linmalari soni 818 tadan 1680 taga, brigadalar soni esa 1648 tadan 2865 taga ko‘paygan. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidan foydalanish orqali yetib borish vaqtini 10-15 daqiqagacha qisqartirishga erishildi.
Avvalroq Janubiy Koreya O‘zbekistonga 100 ta tez tibbiy yordam mashinasi xarid qilish uchun yirik grant ajratishi xabar qilingandi. 2026-yilning birinchi yarmida 7 milliard dollarlik zamonaviy transport vositalari xarid qilish rejalashtirilgan.




















