Oʻzbekistonda bir oyda 97 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlandi
Shuningdek, maishiy gaz ballonlari noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan 23 ta “bunker” faoliyatiga chek qoʻyilgan.

“Hududgazta’minot” “Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida tabiiy va suyultirilgan gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash tadbirlarini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.
1−30-noyabr kunlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 3 mingga yaqin tadbirlar o‘tkazilib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 2,9 mingta holat aniqlandi. Mazkur holatlar bo‘yicha jami 97,1 milliard so‘mlik 42,4 million kub metr tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.
Shu bilan birga, oylik doirasida suyultirilgan gaz ta’minotida 1,5 ming dona maishiy gaz ballonlari noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan 23 ta “bunker” faoliyatiga chek qo‘yildi. Buning natijasida aholi iste’molchilariga yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan 20,3 tonna suyultirilgan gaz hajmlari talon-torojining oldi olindi.
Aniqlangan noqonuniy holatlar va qoidabuzarliklar hamda ularga aloqador shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida barcha materiallar huquqiy baho berilishi uchun huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda 2024-yili 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan Jizzaxda yangi tugʻilgan chaqaloq oʻgʻirlab ketildi Andijondagi ohak sexida 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi Toshkent viloyatida usta mijozning telefonidan 9 mln so‘m yechib oldi Andijonda 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







