O‘zbekiston

O‘zbekistonda binolarning seysmik chidamliligi oshiriladi

Tuzilmalarni tekshirishga xalqaro mutaxassislar jalb qilinadi va bu borada tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonda binolarning seysmik chidamliligi oshiriladi

Oʻzbekistonda binolarning seysmik bardoshliligi kuchaytiriladi, inshootlarni koʻzdan kechirish uchun xalqaro mutaxassislar jalb etiladi, bu borada tajriba almashish yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, keng ko‘lamli qurilishlar fonida yangi binolarning sifati va seysmik chidamliligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Mirziyoyev qurilish sifati ustidan nazoratni kuchaytirish, xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda binolarni instrumental-texnik koʻrikdan oʻtkazish amaliyotini joriy etish boʻyicha topshiriq berdi.

Prezident davlat loyiha institutlari tomonidan mamlakatning turli hududlarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ham muhokama qildi. Shular asosida seysmik xavfsizlik tizimini modernizatsiya qilish, jumladan, xavf va tahdidlarni baholash standartlarini yangilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Prezident 1966-yilda Toshkentda ro‘y bergan fojiali zilzilani eslab, ana shunday ofatlar qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab Xotira va birdamlik kunini belgilashni taklif qildi. BMT Bosh Assambleyasi ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi.

Davlatimiz rahbari qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanini ta’kidlab, bu yo‘nalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolariga zilzila paytida to‘g‘ri xatti-harakatlar o‘rgatiladi . Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan mobil ilova ishlab chiqilib, hududlarda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Izohlar

Mavzuga oid