25 Fevral 2025, 19:24 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda ayrim notarial xizmatlar uchun komissiya miqdori oshirildi

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19-fevraldan kuchga kirdi.

O‘zbekistonda ayrim notarial xizmatlar uchun komissiya miqdori oshirildi

Ayrim notarial xizmatlar uchun komissiya miqdori oshirildi. Bu haqda Norma xabar qildi.

Adliya vazirining 20-fevral kungi buyrug‘i bilan notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, quyidagi xizmatlar uchun komissiya to‘lovlari miqdori oshirildi:

a) ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha maslahat berish, shuningdek, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlash — BHMning 10 foizidan 15 foizigacha;

b) notarial tasdiqlangan shartnomalarni tayyorlash:

  • ko‘chmas mulkni o‘tkazish bo‘yicha — BHMning 20 foizidan 30 foizigacha;
  • garov (ipoteka) va lizing (jismoniy shaxslar uchun yoki bir tomoni jismoniy shaxs bo‘lsa) — BHMning 15 foizidan 25 foizigacha.

Mashhur yangiliklar