O‘zbekiston

O‘zbekistonda avtomobildan chiqindi tashlaganlar qattiqroq jazolanishi mumkin

Huquqbuzarlik takrorlansa, jarimalar miqdori oshiriladi.

O‘zbekistonda avtomobildan chiqindi tashlaganlar qattiqroq jazolanishi mumkin

O‘zbekistonda avtomobildan chiqindi tashlaganlik uchun jazoni kuchaytirish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi.

Hozirda 91-1-modda (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) bo‘yicha jismoniy shaxslarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (375 ming so‘mdan 1,1 mln so‘mgacha), takroran sodir etilganda esa 5 baravaridan 10 baravarigacha (1,8 mln so‘mdan 3,7 mln so‘mgacha) miqdorda jarima belgilangan.

Hokimiyat vakillari bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifini kiritmoqda. Birinchi huquqbuzarlik uchun 3-5 BHM (1,1-1,8 mln so‘m), takroriy huquqbuzarlik uchun esa 10-15 BHM (3,7-5,6 mln so‘m) miqdorida jarima solish taklif etilmoqda.

Avvalroq xabar qilinganidek, o‘zbekistonliklar noqonuniy chiqindi tashlashda minglab marta qo‘lga tushgan. Axlat to‘planib qolgan 80 gektar yer maydonlari tozalangan.

Izohlar

Mavzuga oid