10 Yanvar 2025, 15:37 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda amaldorlarning korrupsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi amaldorlarning korrupsiyaga moyilligini tekshirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda amaldorlarning korrupsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash orqali amalga oshiriladi.

“Bu esa davlat xizmatiga adashib yoki noqonuniy boylik orttirish maqsadida kirib kelganlarni aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish imkonini beradi”, deydi Akmal Burhonov.

Mashhur yangiliklar