O‘zbekiston

O‘zbekistonda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati ochiladi

Bitiruvchilarga attestat bilan birga International Baccalaureate diplomi beriladi.

O‘zbekistonda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati ochiladi

O‘zbekistonda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati ochiladi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi. Bitiruvchilarga attestat bilan birga yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkonini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi (International Baccalaureate) diplomi beriladi.

Maktabda o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash tizimi ham joriy etiladi, bir nafar maslahatchi va pedagogga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar soni nisbatining cheklangan normativlari mos ravishda 1:15 va 1:8 nisbatda belgilanadi.

Shuningdek, farmonda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Maktabda o‘quv jarayoni variativ o‘quv rejalari asosida amalga oshiriladi, o‘quvchilar ingliz tilidan tashqari kamida bitta qo‘shimcha chet tilini ham o‘rganadilar;
  • Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan Maktab o‘quvchilarining umumiy cheklangan soni 180 nafarni tashkil etadi;
  • o‘quvchilarga ilmiy-tadqiqot va innovatsion startap loyihalari hamda boshqa ijtimoiy loyihalar bo‘yicha o‘z portfoliosini shakllantirishga ko‘maklashiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘quv yilining yakuni bir kunga ko‘chirilgan. MTV maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” qachon bo‘lishini ma’lum qildi.

Izohlar

Mavzuga oid