21 Yanvar 2025, 14:30 Oʻzbekiston

Oʻzbekistonda aholi daromadini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlar joriy qilinadi

Xususan, ko‘chatxonalar tashkil etish va dorivor o‘simliklar yetishtirish loyihalari amalga oshiriladi.

Oʻzbekistonda aholi daromadini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlar joriy qilinadi

“2025-yilda aholi bandligini taʻminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2025-yilda aholini daromadli mehnat bilan taʻminlash dasturi hamda uning doirasida maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi.

2025-yilda dastur ijrosi doirasida 5,2 million aholini ish bilan band qilish hamda daromadli mehnat bilan taʻminlash maqsadida ayrim tashkilotlar masʻul etib belgilandi.

2025–2026-yillarda Namangan, Toshkent, Xorazm va boshqa viloyatlarda parrandachilik sohasida kooperatsiya tizimida zamonaviy soʻyish korxonalari (kushxonalar) va muzlatkichli omborxonalar, mahsulotlar va chiqindilarni qayta ishlash, naslli joʻjalar yetishtirish va parranda mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini oʻz ichiga olgan tayyor biznes loyihalari amalga oshiriladi.

2025-yilda kambagʻal oila aʻzolarini jalb etgan holda:

  • 20 ming gektar oʻrmon fondi yerlarida sanoatbop, manzarali va mevali daraxt turlaridan iborat oʻrmonlar barpo etish, koʻchatxonalar tashkil etish va
  • dorivor oʻsimliklar yetishtirish loyihalari amalga oshiriladi;
    jami 100 gektar yer uchastkalarida brussonetiya daraxtini yetishtirish boʻyicha pilot loyihalar amalga oshiriladi.

2025-yil 1-iyuldan “Ekofaol fuqaro” platformasiga oʻzi ekkan daraxti toʻgʻrisida maʻlumotlar kiritgan kambagʻal oilalar aʻzolariga oʻrmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

Mashhur yangiliklar