O‘zbekistonda 500 nafar rahbar shaxsning korrupsiyaga moyilligi tekshiriladi
2025-yil fevral oyidan boshlab, yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi.
Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda bu borada preventiv mexanizmlarni joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan.
Xususan, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Rahbar kadrlarni baholash markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi asosida 2025-yil fevral oyidan boshlab, yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi.
Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish bo‘yicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida ta’sirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflar muntazam (yiliga kamida bir marta) kiritib boriladi.
Bundan tashqari BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonga bildirilgan tavsiyalar hamda boshqa xalqaro standartlarning bajarilishini monitoring qilish bo‘yicha elektron platformani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Elektron platforma doirasida:
- BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablari bajarilishini monitoring qilish imkoniyatini yaratish;
- xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonga berilgan tavsiyalar, hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni joylashtirish;
- fuqarolik jamiyati institutlari hamda keng jamoatchilik tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston bo‘yicha monitoring hisobotlarini platformaga joylashtirish imkoniyatini yaratish;
- platformani ma’lumotlar bilan to‘ldirish yuzasidan idoralararo ishchi guruhini shakllantirish;
- ma’lumotlarni doimiy yangilab borish mexanizmlarini ishlab chiqish;
xalqaro tashkilotlarga platforma taqdimotini o‘tkazish nazarda tutiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda xalqaro avtobus yo‘nalishlari soni 36 tadan 40 taga yetkaziladi Issiqxona gazlarini mustaqil tekshirish tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekistonda amaldorlarning korrupsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin O‘zbekistonda plastik paketlar taqiqlanishi mumkin O‘zbekistonda ekofaollar uchun imtiyozlar berish rejalashtirilmoqda