
Oʻzbekistonda 28-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartiradi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

“O‘zgidromet” 28-mart, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ayrimlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Soʻnggi yangiliklar







