24 Sentabr 2024, 07:25 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda 24-sentyabr kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

O‘zbekistonda 24-sentyabr kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

“O‘zgidromet” 24-sentyabr, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 29-31 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 29-34 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

 

Mashhur yangiliklar