
2 Yanvar 2025, 14:56 •Oʻzbekiston, Sport
O‘zbekistonda 2025-yilning ilk kunida 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi
1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 845 nafari qiz, 796 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 22 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi. Eng ko‘p go‘dak Farg‘ona (244), Samarqand (186) va Qashqadaryo (181) viloyatlarida tug‘ildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi odatdagidek yangi yilning birinchi sutkasida tug‘ilgan chaqaloqlar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar kuni 1641 nafar chaqaloq dunyoga keldi.
Go‘daklarning 845 nafari qiz, 796 nafari o‘g‘il bolalardir. Ular orasida 23 egizak (jami 47 nafar bola) bor, ya’ni 22 tasi (44 nafar bola) ikki homilalik, 1 tasi (3 nafar bola) esa uch homilalik egizakdir.
Eng ko‘p chaqaloq Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida tug‘ildi.
Tug‘ilishlar sonining viloyatlar kesimidagi ro‘yxati:
- Farg‘ona viloyati — 244 nafar
- Samarqand viloyati — 186 nafar
- Qashqadaryo viloyati — 181 nafar
- Surxondaryo viloyati — 172 nafar
- Toshkent viloyati — 150 nafar
- Toshkent shahri — 139 nafar
- Andijon viloyati — 90 nafar
- Jizzax viloyati — 87 nafar
- Buxoro viloyati — 86 nafar
- Xorazm viloyati — 83 nafar
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 71 nafar
- Namangan viloyati — 65 nafar
- Sirdaryo viloyati — 45 nafar
- Navoiy viloyati — 42 nafar.
Ma’lumot uchun, 2018-yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yilda 1708 nafar, 2020-yilda 1974 nafar, 2021-yilda 1644 nafar, 2022-yilda 2316 nafar, 2023-yilda 2155 nafar, 2024-yilda esa 1859 nafar chaqaloq tug‘ilgandi.
Soʻnggi yangiliklar

Sergey Lavrov rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keladi
17 Aprel 2025, 17:43
O‘zbekistonda lotereya va bukmekerlik litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatlar qatoriga kiritildi
17 Aprel 2025, 17:27
Toshkentda ayol va yigit oʻrtasidagi yoʻl tortishuvi mushtlashuvga aylanib ketdi — video
17 Aprel 2025, 14:27
Litva Oʻzbekistondan kelgan migrantlardan voz kechadi
17 Aprel 2025, 13:37
Oʻzbekiston fuqarosi Turkiyadan chiqarib yuborildi va metrodagi ayolning surati uchun jarimaga tortildi
17 Aprel 2025, 12:51
Toshkentning bir tumani qisman elektrsiz qoldi — manzillar
17 Aprel 2025, 11:15
Toshkentda birinchi jamoat parki ochiladi
17 Aprel 2025, 10:47
Rossiyada ijaraga berilgan kvartiradan toʻrt nafar oʻzbekistonlikning jasadi topildi
17 Aprel 2025, 09:27