O‘zbekistonda 2024-yili 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan
Bir yilda tabiiy gaz va elektr energiyasining talon-toroji bilan bog‘liq 1200 dan ortiq huquqbuzarlik holati aniqlangan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2024-yildagi tezkor-nazorat tadbirlari davomida tabiiy gaz va elektr energiyasining talon-toroji bilan bog‘liq 1200 dan ortiq huquqbuzarlik holati aniqlandi. AOKAda o‘tkazilgan brifingda aytilishicha, ularda 600 milliard so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan.
Bosh prokuratura departamenti yil davomida 1392 ta alkogol va tamaki mahsuloti noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Bunda 65 milliard so‘mlik spirt, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi.
Shu bilan birga, tamakining noqonuniy aylanmasi 22 foizdan 9 foizga, alkogol mahsulotlarining yashirin aylanmasi esa 35 foizdan 18 foizga kamaydi. Natijada tamakining aksiz solig‘i tushumi 31 foizga oshdi.
Farmatsevtika sohasida ham qator huquqbuzarliklar fosh qilindi. 387 ta jinoyat aniqlanib, 38,5 milliard so‘mlik sifatsiz preparatlar va tibbiy buyumlar olib qo‘yildi.
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga qaratilgan choralar natijasida 2,8 trillion so‘mlik xarajatlar maqbullashtirildi, 3,1 trillion so‘mlik noto‘g‘ri sarflanishning oldi olindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi O‘zbekistonda yil boshidan buyon 98 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Andijondagi bog‘cha 226 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi Qashqadaryoda fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi
Soʻnggi yangiliklar







