O‘zbekistonda 200 dan ortiq yangi binolar buzilish xavfi ostida
Rasmiylar, shuningdek, 400 ga yaqin qurilish qoidalarini buzgan obyektlarni aniqladi.

Bosh prokuratura hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘p kvartirali uylarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini ta’minlash ishlari doirasida bino va inshootlarda o‘rganishlar o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, o‘rganishlar davomida sifatsiz qurilgan 396 ta obyekt aniqlanib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Shuningdek, 200 dan ortiq holatda noqonuniy qurilish obyektlarini buzish bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilgan. Bunday noqonuniy qurilmalarning 100 dan ortig‘i buzib tashlangan.
Qurilish jarayonidagi qo‘pol qoidabuzarliklar yuzasidan 40 dan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tegishli tergov harakatlari olib borilmoqda, — deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq O‘zbekistondagi seysmik zaif uylar soni ma’lum qilingandi. Mamlakatdagi barcha binolarning 70 foizdan ortig‘i sovet davrida qurilgan.
Izohlar