17 Oktabr 2024, 07:25 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda 17-oktyabr kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

O‘zbekistonda 17-oktyabr kuni yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

“O‘zgidromet” 17-oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 14-16 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, ba’zi joylarda 0-1 daraja sovuqqacha, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Mashhur yangiliklar