21 Mart 2025, 14:59 Oʻzbekiston

O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga qo‘shilmoqda

Mazkur hujjatga ko‘ra, ushbu bank o‘z faoliyatini xalqaro shartnomalar, xalqaro huquq, umume’tirof etilgan bank faoliyati tamoyillari va me’yorlariga muvofiq amalga oshirishi, shuningdek, bank nizomi ushbu bitimga ilova qilingan holda tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga qo‘shilmoqda

Senatning beshinchi yalpi majlisida “O‘zbekistonning Yevrosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga (Ostona, 2006 yil 12 yanvar) qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Bitimning asosiy maqsadi – investitsiya faoliyati orqali unga qo‘shilgan ishtirokchi davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga va ular o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashish.

Mazkur hujjatga ko‘ra, ushbu bank o‘z faoliyatini xalqaro shartnomalar, xalqaro huquq, umume’tirof etilgan bank faoliyati tamoyillari va me’yorlariga muvofiq amalga oshirishi, shuningdek, bank nizomi ushbu bitimga ilova qilingan holda tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, bank nizomida Yevrosiyo taraqqiyot banki faoliyati, maqsad va vazifalari, funksiyalari, imtiyozlari, ustav kapitali va unga obuna bo‘lish shartlari hamda bank boshqaruviga oid tartib-qoidalar belgilangan.

Bundan tashqari, Yevrosiyo taraqqiyot banki ishtirokchi davlatlarning iqtisodiyoti va moliyaviy bozorlari holati, ularning investitsiya imkoniyatlari, pul-kredit va valuta munosabatlari, bank va valutani tartibga solish sohasidagi qonunchilik normalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plashi, tizimlashtirishi va tahlil qilishi belgilanmoqda.

Muhokama yakunida senatorlar tomonidan qonun ma’qullandi.

Mashhur yangiliklar