O‘zbekiston yana bir Afrika davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Somalining BMTdagi doimiy vakili Abukar Dahir Usmon imzoladi.

5-fevral kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar berdi “Dunyo” agentligi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Somalining BMTdagi doimiy vakili Abukar Dahir Usmon imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan institutlari doirasida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur hujjatning imzolanishi O‘zbekiston bilan Afrika davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi, deyiladi agentlik xabarida.
Qayd etilishicha, Somali Federativ Respublikasi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 157-davlatga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2024-yilda Afrika, Amerika va Yevropaning 12 ta davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Soʻnggi yangiliklar







