O‘zbekiston

O‘zbekiston va Rossiya migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishni boshlaydi — video

Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin bu sohadagi muammolarni shaxsan Shavkat Mirziyoyev bilan muhokama qilishini aytdi.

O‘zbekiston va Rossiya migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishni boshlaydi — video
Фото: ТАСС

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishni boshlaydi, deb yozadi “TASS”.

Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin Peterburg iqtisodiy forumi doirasida xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari Rossiyada ishlashni istagan odamlarni tayyorlashga kelishib olgan. Bu rus tilini, rus madaniyatini o‘rganishga taalluqli.

“Shavkat Miromonovich bilan migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishga kelishib oldik. Nima uchun? Chunki bizda mehnat bozori bugungi kunda qanday holatda ekani ma’lum. Sizlarda, O‘zbekistonda ma’lum bir bosim bo‘layapti. Lekin nima qilishni birgalikda kelishib oldik. Umid qilamanki, bularning barchasini tashkil qilamiz”, — dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mehnat migratsiyasini tartibga solish tizimini takomillashtirmoqda. Hokimiyat fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy tamoyillarini mustahkamlaydigan qonunni ishlab chiqmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid