O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi uchta chegara punkti tun-u kun ishlay boshlaydi
Bu navbatlarni kamaytirishga yordam berishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi uchta nazorat-o‘tkazish punkti kun-u tun ishlay boshlaydi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 18-iyundan boshlab “Farg‘ona” chegara-bojxona posti, Shohimardon qishlog‘idagi “Oqqiya” bojxona posti hamda “So‘x” postidagi “Chashma” punkti 24 soatlik rejimda ishlay boshlaydi.
Bu fuqarolarning harakatlanishini osonlashtirish va ikki davlat o‘rtasidagi nazorat-o‘tkazish punktlarida navbatlarni kamaytirishga yordam berishi rejalashtirilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda bojxona islohotlari amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi. Avtomobillar uchun “yashil” va “qizil” yo‘laklar joriy etiladi, hujjatlar elektron shaklga o‘tkaziladi.
Izohlar