O‘zbekiston

O‘zbekiston va AQSH yadro energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

Ikki davlat vakillari memorandum imzoladi.

Фото: Ситуативное

O‘zbekiston va AQSH yadro energetikasi sohasida hamkorlik qiladi, deb xabar bermoqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

AQSH Davlat kotibining qurollanishni nazorat qilish va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Brent Kristensen va O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Muzaffarbek Madrahimov yadroviy hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu ikki mamlakat ekspertlari va sanoatining atom energetikasi sohasidagi hamkorligini kengaytirishga zamin yaratadi.

Bitim quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ikki mamlakat olimlari va atom sohasi mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlik;
  • yadro energetikasi sohasida bilimlar, texnologiyalar va standartlar bilan almashish;
  • kelajakda yadro reaktorlarining tadqiqot qurilmalari va infratuzilmasi bo‘yicha mumkin bo‘lgan loyihalar;
  • AQShning global energetika raqobati sharoitida o‘z atom sanoatini kuchaytirish dasturini qo‘llab-quvvatlashi.

Bu prezident Trampning Amerika atom sanoatini butun dunyo bo‘ylab raqobatda qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi farmoniga mos keladi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar yadroviy halokatlar yuz bergan taqdirda tovon puli olishlari mumkin. Deputatlar tomonidan qabul qilingan qonun loyihasini Senatda ma’qullash kerak.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная