O‘zbekiston

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi Senatga yuborildi

Hujjat tutashuv va chegara o‘tish joyini belgilaydi.

Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasida chegaralarning tutashgan nuqtasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi va Senatga yubordi.

Hujjatda davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi, shuningdek, ushbu hududda davlat chegaralari chiziqlarining o‘tish joyi belgilangan. Shartnomaning qabul qilinishi uch mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasining nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Hujjat fuqarolar o‘rtasidagi aloqalar, chegaraoldi hududlarning iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash, chegaraoldi savdosini kengaytirish, qo‘shma infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun mustahkam asos yaratadi.

Avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston uchinchi davlat fuqarolari uchun chegarada ikkita nazorat-o‘tkazish punkti ochishi haqida xabar berilgan edi. Tegishli kelishuvlar hukumatlararo bitimda nazarda tutilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная