O‘zbekiston Tel-Avivga parvozlarni tiklaydi
Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.

O‘zbekiston Toshkentdan Isroilga parvozlarni tiklamoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar odatdagidek amalga oshiriladi. Dolzarb ma’lumotlarni aviakompaniyaning rasmiy Telegram-kanallari va ijtimoiy tarmoqlari orqali olishingiz mumkin.
Aviakompaniya Yaqin Sharqdagi harbiy eskalatsiya fonida 16 iyundan 30 iyungacha parvozlarni to‘xtatdi. Uzbekistan Airways o‘z qarorini Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar bilan izohladi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil va Eron o‘rtasidagi 12 kunlik urush yakunlangandi. Tomonlar AQSH vositachiligida tinchlik shartnomasini tuzgan.
Izohlar