O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Eron va Isroil elchilari bilan uchrashdi
Tomonlar mintaqaviy muammolar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan fikr almashdi.

17-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Eron va Isroil elchisi Muhammadali Iskandariy va Gideon Lyustig bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.
Uchrashuvda Eron va O‘zbekiston tomonlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.
Isroil tomoni bilan A’loyev O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni muhokama qiladi. Mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklardan Isroil va Eron mojarosini dinlar va e’tiqodlar to‘qnashuvi sifatida qabul qilmaslik so‘ralgandi. Fuqarolarga xotirjamlik va hushyorlikni saqlash, ishonchli manbalarga asoslangan vazmin pozitsiyani egallash tavsiya etilgan.
Izohlar