O‘zbekiston Qurolli kuchlarining qudrati yanada oshiriladi
Qurolli Kuchlarning qudrati, O‘zbekistonning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyati yanada oshiriladi.
Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, O‘zbekistonning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish maqsad qilingan. Bu jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bo‘linmalarini 2022—2026-yillar mobaynida zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika, boshqa zarur jihozlar va vositalar bilan ta’minlash, mavjud texnikalarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks dasturi”ning ijrosi yuzasidan 2025-yil uchun rejalashtirilgan tovar (ish, xizmat)larning xaridi amalga oshiriladi.
Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan byudjet mablag‘lari doirasida 2025—2026-yillarda Mudofaa vazirligi bo‘linmalarini zarur topogeodezik va geoaxborot dasturiy ta’minot vositalari va maxsus texnikalar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash rejalashtirilmoqda. Soha mutaxassislarini zamonaviy geoaxborot va topogeodezik ta’minot bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirib boriladi.
Yerni masofadan zondlash materiallari (kosmosuratlar) yordamida elektron xaritalarini yaratish va yangilash ko‘zda tutilgan.
Umumta’lim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘quv-uslubiy va dasturiy jihatdan takomillashtirib borish, fan o‘qituvchilarining faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, belgilangan tartibda bosqichma-bosqich moddiy-texnik jihatdan ta’minlab borish ishlarini amalga oshirish belgilandi.
Loyihaga ko‘ra, Mudofaa vazirligi tizimi (markaziy apparat, harbiy okrug, birlashma, qo‘shilma, harbiy qism va muassasalar)da Yagona kadrlar axborot elektron platformasini yaratilib, ishga tushiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Britaniyadagi musobaqada ikkinchi o‘rinni egalladi Diyora Keldiyorova va Ulug‘bek Rashitov ham muddatidan oldin navbatdagi harbiy unvonini oldi O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi miqdori oshiriladi Ўзбекистонлик мерганлар Туркиядаги халқаро мусобақада биринчи ўринни олди Тошкентда 8 май куни ҳарбийлар пиёда юриши ўтказилади