O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasiga rahbarlar saylandi
Alisher Mirsoatov O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi rahbari etib saylandi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasida bugun, 17-fevral kuni O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi va tennis federatsiyasi navbatdan tashqari saylov konferensiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda “O‘zmilliybank” AJ boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi rahbari etib saylandi.
Shuningdek, “Paxtakor” FK prezidenti sifatida faoliyat yuritgan mutaxassis Botir Rahimov O‘zbekiston tennis federatsiyasi raisi etib saylandi.
Federatsiyaning sobiq raisi A.Mirsoatov qishki sport turlari assotsiatsiyasi boshqaruviga o‘tgan edi.
Shu bilan birga, konferensiyalarda tashkilotlarning yangi ustavi ham tasdiqlab olindi.
Tadbirda ishtirok etgan rasmiylar federatsiyalarning yangi rahbariyatini masʼuliyatli lavozimga saylanishgani bilan qutladi. Ularga oldinda turgan Milan-Kortina-2026 qishki va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik yuzasidan vazifalarni belgilab, bu borada o‘z tavsiyalarini berdi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasiga yangi rahbar saylandi O‘zbekiston 2027 yilda qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi Oʻzbekiston yoshlar oʻrtasidagi Osiyo-2025 oʻyinlariga mezbonlik qilmaydi Mirziyoyev Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi Parij Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi
Soʻnggi yangiliklar







