O‘zbekiston Pokiston va Tailand bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Oʻtgan ikki oyda Oʻzbekiston Filippin, Salvador, AQSh va Xitoy bilan ham muzokaralarni yakunlagandi.

Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʻzo boʻlish boʻyicha Pokiston va Tailand bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi.
Ushbu protokol [bozorga kirish boʻyicha muzokaralarni yakunlash toʻgʻrisida] qardosh mamlakatni Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʻzolikka yanada yaqinlashtiradi, deb yozgan Pokistonning JSTdagi doimiy vakili Ali Sarfraz Husayn.
Tailandning JSTdagi vakili Pimchanok Pitfild ham Oʻzbekistonning tashkilotga aʻzo boʻlishi toʻgʻrisidagi protokolni imzolaganini maʻlum qildi.
Biz Oʻzbekistonning koʻp tomonlama savdo tizimiga tezroq qoʻshilishini intiqlik bilan kutyapmiz va ishonamizki, JST oilasiga aʻzolik Oʻzbekistonga koʻproq savdo va investitsiyalar olib keladi. Ikki tomonlama darajada bu mavjud savdo aloqalarini mustahkamlash va kelajakda xalqlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishimizning tasdigʻidir, dedi u.
Oʻtgan ikki oyda Oʻzbekiston Filippin, Salvador, AQSh va Xitoy bilan ham muzokaralarni yakunlagandi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uchradi O‘zbekiston Surinam bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi AQShdan deport qilingan oʻzbekistonliklar Nyu-York—Toshkent yoʻnalishi orqali qaytadi Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Soʻnggi yangiliklar







