Henley & Partners xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan tuziladigan pasportlar kuchi bo‘yicha jahon reytingida O‘zbekiston o‘z o‘rnini yaxshiladi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat avvalgi reytingga nisbatan birdaniga besh pog‘onaga ko‘tarilib, 105 ta davlat orasida 75-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston fuqarolari 61 mamlakatga vizani oldindan rasmiylashtirmasdan yoki kelganidan keyin viza olish orqali tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Kuba, Mozambik, Tojikiston va Turkmaniston kabi bir qator davlatlarni ortda qoldirdi. Henley Passport Index dunyo mamlakatlari pasportlarini vizasiz yoki vizasiz kirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar soniga qarab baholaydi. Reytingdagi yuqori o‘rin tegishli mamlakat fuqarolari uchun ko‘proq harakatlanish erkinligidan dalolat beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil iyul oyida mamlakat 99 ta davlat orasida 74-o‘rinni egallagandi. Xuddi shu reytingning 2024 yilgi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 80-o‘rinni egallagan edi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonliklar qancha davlatga vizasiz borishi mumkin? Respublika Markaziy Osiyo bo‘yicha pasport kuchi reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.




















