O‘zbekiston onlayn xizmatlar indeksida 59-o‘rinni egalladi
Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natijani 10-o‘rin bilan Qozog‘iston qayd etgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Internet orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining mavjudligi va sifatini baholovchi Onlayn xizmatlar indeksida 59-o‘rinni egalladi. Bu haqda EnergyProm xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich xizmatlar ko‘lamining kengligini, onlayn o‘zaro hamkorlikning to‘liqligini, jumladan, fuqarolar tomonidan arizalar berish va yakuniy natijalarni olish sifatini aks ettiradi.
2024 yilda reyting yetakchisi Janubiy Koreya bo‘lib, u maksimal 1 ballga ega, Afrikadagi Eritreya esa minimal 0 ball bilan oxirgi o‘rinda.
MDH va Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natijani Qozog‘iston qayd etib, yuqori o‘ntalikka kirdi va hatto texnologik yutuqlari bilan mashhur bo‘lgan Yaponiyaga yaqinlashib oldi.
Reytingda Armaniston 53-o‘rinni egalladi. Rossiya 56-o‘rinda, Qirg‘iziston 89-o‘rinda, Turkmaniston esa autsayderlar qatorida 172-o‘rinda joylashgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekiston BMT Xavfsizlik kengashining vaqtinchalik aʼzoligiga oʻz nomzodini ilgari surdi O‘zbekistondagi 3 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kirdi O‘zbekiston eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda? WBC’ning yangilangan reytingi eʼlon qilindi O‘zbekiston sunʼiy intellektga tayyorgarlik indeksida 17 pog‘ona ko‘tarildi
Soʻnggi yangiliklar







