O‘zbekiston kuchli magnit bo‘roni ostida qoldi
Gʻalayon kechgacha davom etadi.

Meteoagent ma’lumotlariga ko‘ra, 3-iyun kuni O‘zbekistonni kuchli “qizil” magnit bo‘roni qamrab oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 7 ballni tashkil etadi. Geozarbalar 20:00 gacha davom etadi, shundan so‘ng 23:00 ga kelib ko‘rsatkich pasayishni boshlaydi. 4-iyunga kelib, bo‘ron intensivligi 4 ballgacha pasayadi.
Qayd etilishicha, magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Avvalroq o‘zbekistonliklar magnit bo‘roni tufayli kuchli zilziladan qo‘rqib ketgani haqida xabar berilgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlarga oydinlik kiritib, quyosh zarbalarining kuchi seysmik faollik bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilgan.
Izohlar