O‘zbekiston kuchli magnit bo‘roni ostida qoladi
Havoga ta’sirchan kishilarning boshi og‘riydi.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 26-noyabr kuni O‘zbekistonda “to‘q sariq” darajadagi kuchli magnit bo‘roni bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, geomagnit g‘alayonlar kuchi 4 ballni tashkil etadi. Geozarbalar soat 05:00 da bo‘lishi kutilmoqda, shundan so‘ng ko‘rsatkich 3 ballgacha pasayadi. 27-noyabrga kelib, bo‘ron intensivligi 3 ball darajasida saqlanib turadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, magnit bo‘ronlarining ta’sirini yurak-qon tomir kasalliklari, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar, bundan tashqari, ob-havoga sezgir va meteopatiya (ob-havo sharoiti tufayli og‘riq) alomatlarini boshdan kechirayotgan odamlar eng ko‘p his qilishadi.
Izohlar