O‘zbekiston Issiqko‘lgacha avtobus qatnovlarini tiklaydi
Chiptalar narxi 300 ming so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekistonda 11-iyundan boshlab Toshkent—Cho‘lponota yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi tiklanadi, deb xabar bermoqda “Uzautotrans Service” axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, reyslar har kuni Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan soat 15:00 da jo‘naydi. Qayd etilishicha, bunday avtobus uchun chipta narxi 300 ming so‘m etib belgilangan.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun aholi quyidagi raqamlarga murojaat qilishi mumkin:
+998 71 207-87-00;
+998 94 131-99-99;
+998 88 666-15-15.
Avvalroq Toshkentdan Krasnodarga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingandi. Transport haftasiga ikki marta qatnaydi.
Izohlar