O‘zbekistonda iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, dunyoda raqobat tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaradigan davlatlargina jahon bozorida munosib o‘rin egallay oladi. Shu bois, iqtisodiyotning barcha sohalarida yuksak samaradorlikka erishish kelgusidagi islohotlarning bosh mezoniga aylanishi zarur.

Masalan, sanoatda yuqori texnologik va energiya tejamkor tarmoqlarni rivojlantirish hisobiga 2025-yilda bir dollarlik mahsulot ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i va energiya sarfini 13 foizga qisqartirishga erishilgan.

2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 240 milliard dollardan oshirish uchun barcha tarmoqlarni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish eng to‘g‘ri yo‘ldir. Ushbu yo‘nalish kelgusi yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval prezident 2026-yil nomini e’lon qilgandi. Yangi bosqichda O‘zbekiston xalqiga e’tibor qaratiladi.