O‘zbekiston ingliz tili savodxonligi reytingida 98-o‘ringa tushdi
O‘zbekiston ingliz tili savodxonligi reytingida 114 ta mamlakat orasida 98-o‘rinda qayd etildi.
Dunyo mamlakatlarida ingliz tilini bilish darajasini baholovchi eng yirik reyting – EF English Proficiency Index 2024 yilgi hisobotini e’lon qildi. O‘zbekiston – aholisi orasida ingliz tilini bilish darajasi eng past mamlakatlar qatorida qolmoqda.
Bu yil O‘zbekiston 114 ta mamlakat orasida 98-o‘rinda qayd etilgan. Bu o‘tgan yilgidan pastroq: 2023 yilda O‘zbekiston 113 ta mamlakat orasida 93-o‘rinda edi. O‘z navbatida, o‘zbekistonliklarning ingliz tilini bilish borasidagi o‘rtacha reyting balli ham 442 dan 439 gacha pasaygan (maksimal ball – 700). Bu – CEFR shkalasi bo‘yicha B1 darajaga teng.
Reytingni tuzgan EF Education First kompaniyasining (Shvetsiya) MDH bo‘yicha bo‘linmasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ingliz tilini bilish darajasi yirik shaharlarda nisbatan yuqoriroq bo‘lib qolmoqda. Bu borada 461 ball bilan Andijon shahri birinchi o‘rinda boryapti. Poytaxt Toshkent 457 ball bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Deyarli bir xil ko‘rsatkichga (456) ega Farg‘ona shahri – uchinchi o‘rinda. Yuqori beshlikdan o‘zaro o‘xshash ko‘rsatkichlar ega Buxoro (436) va Samarqand (431) shaharlari ham joy olgan.
Viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi miqyosida esa Toshkent viloyati birinchi o‘rinda ekani e’tiborga molik: bu viloyatdan test topshirganlarning oxirgi uch yildagi o‘rtacha balli 463 bo‘lgan. Regionlar bo‘yicha top-beshtalikka Farg‘ona (458), Andijon (455), Navoiy (446) va Buxoro (438) viloyatlari kirgan.
Ingliz tilini bilish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Jizzax (384 ball), Qashqadaryo (404) va Xorazm (405) viloyatlarida qayd etilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda noodatiy holat shakllangan: eng past ko‘rsatkichlarni 18-20 yoshlilar guruhi qayd etyapti, vaholanki, bu yosh guruhi an’anaviy ravishda o‘rtacha natijalarni ko‘rsatib kelardi. Ayni paytda, ingliz tilini bilish darajasi 21-25 yoshli talabalar o‘rtasida sezilarli yaxshilanyapti
O‘zbekiston ushbu tadqiqotga 2018 yildan boshlab qamrab olingan, o‘shanda 88 ta mamlakat orasida 86-o‘rinda qayd etilgandi. Mualliflar u yoki bu mamlakat haqida muayyan xulosalar chiqarish uchun yetarlicha ma’lumotlar mavjud deb hisoblab, reytingga kiritishi uchun imtihonlarda kamida 5 ming kishi qatnashishi zarur. 2024 yil davomida esa O‘zbekistondan 7339 kishi Education First testlarini yechgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonning Kubadagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi JCH saralashi — 2026. Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga qarshi muhim oʻyinda gʻalaba qozondi O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi